01
M777TZ
Taksida ishlash uchun mashina — kunlik ijaraga
Mashinani olasiz, ishlaysiz, ijarani har kuni Telegram orqali to‘laysiz. Chek suratini yuborish shart emas: to‘lov o‘zi qayd qilinadi.
Botda ro‘yxatdan o‘tishQanday ishlaydi
-
01
Botda ro‘yxatdan o‘ting
Telegram botga ismingiz va telefon raqamingizni yuboring. Biz siz bilan bog‘lanamiz.
-
02
Mashinani oling
Sizga mashina biriktiriladi va kunlik ijara narxi kelishiladi. Ijara har kuni hisobingizga yoziladi.
-
03
Ijarani ilovada to‘lang
Botdagi «To‘lash» tugmasini bosing. Karta (Uzcard, Humo), Payme, Click yoki Uzum bilan bir necha soniyada to‘laysiz.
Hisobingiz doim ko‘z oldingizda
- Qancha qarz borligini ko‘rasiz. Har bir mashina bo‘yicha alohida, kunlik narxi bilan.
- Xohlagan summani to‘laysiz. Qarzni to‘liq yopish, bir kunlik yoki bir haftalik ijara — bitta bosish bilan.
- To‘lov darhol tushadi. Pul o‘tishi bilan botga xabar keladi, elektron chek saqlanadi.
- Barcha to‘lovlar tarixda. Qachon, qancha va qaysi mashina uchun to‘laganingiz yozilib boradi.
Telegram bot